O'zbekiston

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 41 milliard dollardan oshdi

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 foiz o‘sish qayd etilgan bo‘lsa-da, import hajmining keskin ortishi tashqi savdo balansida 9,2 milliard dollarlik manfiy saldo yuzaga kelishiga olib keldi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 41 milliard dollardan oshdi


 
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 41 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan 15,9 mlrd dollari eksport, 25,1 mlrd dollari import hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport 8,8 foizga kamaygan, import esa 21 foizga oshgan. Natijada tashqi savdo balansida 9,2 milliard dollarlik manfiy saldo qayd etildi.


 
Shu bilan birga, oltin hisobga olinmagan tovarlar eksporti sezilarli o‘sishni namoyish etdi. Ushbu ko‘rsatkich 8,2 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga oshgan. Bu esa qayta ishlangan sanoat mahsulotlari va boshqa noxomashyo eksporti hajmi ortib borayotganini ko‘rsatadi.


 
Hisobot davrida O‘zbekiston 195 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Tashqi savdo aylanmasida eng yirik hamkorlar quyidagilar bo‘ldi:
Xitoy – 23,1%
Rossiya – 17,1%
Qozog‘iston – 6,8%
Turkiya – 3,4%
Afg‘oniston – 2,6%
 

Eksport tarkibida xizmatlar, to‘qimachilik mahsulotlari, oziq-ovqat, kimyo sanoati mahsulotlari, rangli metallar va mashina-uskunalar muhim ulushni egalladi. Importda esa asosan mashina va transport uskunalari, sanoat mahsulotlari, kimyoviy vositalar hamda mineral yoqilg‘i yetakchi o‘rinni saqlab qoldi.


 
Statistika qo‘mitasi qayd etishicha, umumiy eksport hajmi pasayganiga qaramay, bu holat asosan oltin eksportidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Oltin hisobga olinmagan eksportning qariyb 29 foizga o‘sishi esa mamlakat eksporti tobora diversifikatsiya qilinayotganini ko‘rsatadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 41 milliard dollardan oshdi | Zamon.uz