O'zbekiston

Piskentda alimentdan qarzdor ota xontaxta tagidan topildi

Maʼlum bo‘lishicha, erkak alimentni muntazam to‘lamay kelgan, qarzdorlik esa 40 mln so‘mdan ortib ketgan.

Piskentda alimentdan qarzdor ota xontaxta tagidan topildi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan ota xontaxta orqasida bekinib o‘tirganda qo‘lga tushdi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

BildirilishichaPiskent tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashib ketgan va ikkinchi tomon farzandini moddiy taʼminlamay qo‘ygan.

 

Shundan so‘ng ona o‘z huquqidan foydalangan holda farzandi haqini talab qilib sudga murojaat qilgan. Sud qaroriga ko‘ra, undiruvchi ayol foydasiga 2 nafar farzandlari uchun har oyda aliment undirish tartibi belgilangan. 

 

Sud ijro hujjati Byuroning Piskent tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan. Qarzdorlik 40 million so‘mdan ortib ketgan.

 

Unga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan. Boshqarma inspektorlari huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan hamkorlikda topish chorasini olib borgan. 

 

Xodimlar olingan tezkor maʼlumotlarga ko‘ra, yashash xonadonga borganda oila aʼzolari uning kelmaganini bildirgan. Biroq xonadon yashash joylari puxta ko‘zdan kechirilganda, qarzdor (xontaxta) stol orqasidan topilgan. 

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"