Jahon

Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Musson yomg‘irlari yuzlab binolarga zarar yetkazib, 200 dan ortiq inshootning butunlay vayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

 

Pokistonda 26-iyundan buyon davom etayotgan kuchli musson yomg‘irlari va ular keltirib chiqargan tabiiy ofatlar oqibatida kamida 109 kishi halok bo‘ldi, yana 362 kishi jarohat oldi.

 

Bu haqda Islom Respublikasi Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p talafot mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Xayber Paxtunxva viloyatida kuzatilgan bo‘lib, u yerda 55 kishi halok bo‘lgan. Panjob viloyatida esa 36 nafar fuqaro tabiiy ofatlar qurboniga aylangan.

 

Kuchli yog‘ingarchilik va toshqinlar oqibatida mamlakat bo‘ylab 800 ga yaqin bino zarar ko‘rgan, shundan 200 dan ortig‘i butunlay vayron bo‘lgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyi oxiridan buyon 148 ta qutqaruv amaliyoti o‘tkazilib, qariyb 4 ming kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

 

Pokistonda musson mavsumi odatda iyun–sentyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Ushbu yog‘ingarchiliklar qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ko‘pincha kuchli toshqinlar, ko‘chkilar va boshqa tabiiy ofatlarga sabab bo‘ladi.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"