Jahon

Tojikiston hijob va uzun soqol taqiqlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ayrim OAVlarda tarqalgan hijob va soqol bo‘yicha ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

Tojikiston hijob va uzun soqol taqiqlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

 

Tojikiston rasmiylari mamlakatda hijob va uzun soqolni qonun bilan taqiqlash joriy etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

 

Bu haqda Asia-Plus nashri Tojikiston Din ishlari, milliy an’analar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

 

Qo‘mita bayonotida ayrim ommaviy axborot vositalarida tarqalgan, go‘yoki mamlakatda hijob kiygan ayollar va uzun soqol qo‘ygan erkaklarga nisbatan jarimalar joriy etilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlangan.

 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim nashrlarda jarima qo‘llangan shaxslar keyinchalik tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarni tasdiqlovchi suratlarni muntazam ravishda davlat organlariga taqdim etishi shartligi haqidagi xabarlar ham asossiz ekani qayd etilgan.

 

Tojikiston Din ishlari qo‘mitasi mazkur ma’lumotlarni rad etib, mamlakatda bunday mazmundagi yangi qonun qabul qilinmaganini ma’lum qilgan.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"