O'zbekiston

Toshkentda 3,5 mln dollarlik kredit evaziga 420 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

Bank xodimi va uning sherigi kredit ajratish evaziga noqonuniy haq olayotgan vaqtda tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

Toshkentda 3,5 mln dollarlik kredit evaziga 420 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

 

Toshkent shahrida 3,5 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kreditni rasmiylashtirib berish evaziga 420 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi hamda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs o‘zaro til biriktirib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirgan.

 

Ular fuqaro nomiga 3,5 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berishni va’da qilib, buning evaziga kredit summasining 12 foizi — 420 ming AQSH dollarini talab qilgan.

 

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar oldindan 50 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"