O'zbekiston

Toshkentda “Yashil to‘lqin” tizimining ilk yo‘nalishi ishga tushirildi

Tizim ertalab shahar markazi, kechqurun esa qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydi va svetoforlarning sinxron harakatini ta’minlaydi.

Toshkentda “Yashil to‘lqin” tizimining ilk yo‘nalishi ishga tushirildi

 

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari tomonidan Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining “To‘ra Buva” masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi 13 ta chorrahada svetoforlar faoliyati o‘zaro sinxronlashtirildi.

 

Mazkur tizimga ko‘ra, ertalabki tirbandlik vaqtida “Yashil to‘lqin” shahar markazi tomon, kechki paytda esa qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydi.

 

Svetoforlarning sinxronlashtirilishi natijasida ushbu yo‘nalishdagi harakatlanish vaqti sezilarli darajada qisqardi. Xususan, “To‘ra Buva” masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘rtacha harakatlanish vaqti 8,5 daqiqadan 6 daqiqagacha, ya’ni 29 foizga kamaydi.

 

Shuningdek, Salom ko‘chasidan “To‘ra Buva” masjidigacha bo‘lgan qarama-qarshi yo‘nalishda o‘rtacha harakatlanish vaqti 10 daqiqadan 8 daqiqagacha, ya’ni 20 foizga qisqardi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tizimdan maksimal samaraga erishish uchun haydovchilar Yo‘l harakati qoidalari hamda belgilangan tezlik me’yorlariga qat’iy rioya qilishi lozim. Mazkur yo‘nalishda 40–60 km/soat tezlikda harakatlanganda chorrahalarning aksariyatidan svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

 

Ayni paytda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari aqlli svetoforlar o‘rnatilgan Toshkent shahrining boshqa ko‘chalarida ham “Yashil to‘lqin” tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va loyihalash ishlarini davom ettirmoqda.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"