Jahon

Tramp Netanyaxuni odatdagidan sovuqroq kutib oldi

AQSh prezidenti va Isroil bosh vaziri o‘rtasidagi taranglik bir necha haftadan buyon davom etmoqda.

Tramp Netanyaxuni odatdagidan sovuqroq kutib oldi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni Oq uyda avvalgi uchrashuvlarga nisbatan kamroq iliq kutib oldi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yetakchi o‘rtasidagi munosabatlarda so‘nggi haftalarda muayyan taranglik kuzatilgan. Hatto Trampning Netanyaxu bilan uchrashuv o‘tkazishga rozilik berishi ham ma’lum vaqtgacha noaniq bo‘lib qolgan.

 

WSJ manbalarining bildirishicha, uchrashuv arafasida AQSh ma’muriyati Isroil bosh vaziridan Livandagi tinchlik muzokaralarini ilgari surishga jiddiy yondashayotganini amaliy choralar orqali namoyish etishni talab qilgan.

 

Shuningdek, gazeta Netanyaxuning bu galgi tashrifi avvalgilarga qaraganda siyosiy ta’siri va mavqei jihatidan ancha cheklangan sharoitda o‘tganini qayd etgan. Nashrga ko‘ra, bunga Eron bilan bog‘liq harbiy vaziyat va uning davomiyligi sabab bo‘lgan.

 

Biroq uchrashuv yakunida Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Netanyaxu bilan "juda yaxshi uchrashuv" o‘tkazganini va tomonlar ko‘plab muhim masalalarni muhokama qilganini ma’lum qilgan.

 

O‘z navbatida, Benyamin Netanyaxu Fox News telekanaliga bergan intervyusida mazkur muzokaralarni Tramp bilan o‘tkazgan "eng yaxshi uchrashuvlardan biri" deb baholagan.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"