O'zbekiston

Akademik litseylarga kirish testi natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar uch ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

Akademik litseylarga kirish testi natijalari e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi.

 

Endilikda abituriyentlar o‘z natijalarini my.edu.uz hamda my.gov.uz portallaridagi shaxsiy kabinetlari orqali ko‘rishlari mumkin. Buning uchun MyGov portali yoki mobil ilovasidagi “Shaxsiy kabinet”ga kirib, “Mening arizalarim” bo‘limida akademik litseyga qabul bo‘yicha yuborilgan arizani ochish kifoya.

 

Qabul natijalari abituriyent to‘plagan ball va arizada ko‘rsatilgan ustuvorlik asosida shakllantirilgan. Ya’ni, o‘quvchilar to‘plagan balliga qarab o‘zlari tanlagan ustuvor akademik litseyga qabul qilinadi.

 

Shuningdek, belgilangan tartibga muvofiq, test natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini yuborishi mumkin.

 

Vazirlik akademik litseylarga qabulda ustuvorlik tamoyili bo‘yicha batafsil ma’lumot bilan alohida sharh orqali tanishish mumkinligini ham ma’lum qildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"