O'zbekiston

Andijondagi bog‘chada bolalarni haqoratlagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Andijondagi bog‘chada bolalarni haqoratlagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachining bolalarga nisbatan nomaqbul munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

 

Aniqlanishicha, Andijon tumanida joylashgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat yuritgan tarbiyachi Y. M. tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan hamda ularni turli haqoratli va axloqqa zid so‘zlar bilan tahqirlagan.

 

Mazkur holat yuzasidan xizmat o‘rganishi o‘tkazilib, 2026-yil 28-iyul kuni tarbiyachining mehnat majburiyatlariga zid xatti-harakatlari sabab u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Hozirda holat yuzasidan huquqiy baho berish maqsadida Andijon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 

Bolalar ombudsmani esa bolaning huquqlari to‘liq tiklanishi va holatga qonuniy baho berilishi yuzasidan nazoratni davom ettirishini ma’lum qildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"