O'zbekiston

Apple Pay va Google Pay yaqin oylarda O‘zbekistonda ishga tushishi mumkin

Hozirda xizmatlarni texnik jihatdan integratsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Apple Pay va Google Pay yaqin oylarda O‘zbekistonda ishga tushishi mumkin

 

Apple Pay va Google Pay to‘lov xizmatlari yaqin bir necha oy ichida O‘zbekistonda ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda Markaziy bankning To‘lov tizimlarini rivojlantirish departamenti rahbari Jamshid Usmonov ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng Markaziy bank tijorat banklari, Humo va Uzcard milliy to‘lov tizimlari bilan birgalikda Apple hamda Google kompaniyalari bilan muzokaralarni boshlagan. Hozirda xizmatlarni texnik jihatdan integratsiya qilish ishlari davom etmoqda.

 

Jamshid Usmonovning ta’kidlashicha, tijorat banklari integratsiya jarayonlarini faol olib bormoqda. Xususan, kartalarni tokenizatsiya qilish bilan bog‘liq texnik masalalar ustida ish olib borilmoqda.

 

Markaziy bank vakili mazkur loyiha faqat xalqaro Visa va Mastercard kartalarini qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanib qolmasligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Humo va Uzcard milliy to‘lov tizimlari kartalarini ham Apple Pay va Google Pay xizmatlariga ulash imkoniyatini yaratish ustida ish olib borilmoqda.

 

Usmonovning bildirishicha, loyiha yuzasidan yaqin bir necha oy ichida ijobiy yangiliklar kutilmoqda. Shuningdek, bir yoki bir nechta tijorat banklari ushbu xizmatlarni O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ishga tushirishi mumkin.

 

Ma’lum qilinishicha, Markaziy bank va Apple hamda Google vakillari o‘rtasidagi muzokaralar joriy yilning aprel–may oylarida bo‘lib o‘tgan va texnik hamkorlik yuzasidan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"