Jahon

Armaniston hukumati iste’foga chiqadi — Pashinyan

2-avgustdan yangi parlament faoliyat boshlaydi, shundan so‘ng Armanistonda yangi hukumat shakllantiriladi.

Armaniston hukumati iste’foga chiqadi — Pashinyan

 

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat hukumati yangi chaqiriq Milliy Assambleya faoliyati boshlanishi munosabati bilan konstitutsiyaga muvofiq iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

 

Pashinyanning aytishicha, hukumatning navbatdagi yig‘ilishi amaldagi Vazirlar Mahkamasi uchun so‘nggi yig‘ilish bo‘ldi.

 

“Bu bizning oxirgi hukumat yig‘ilishimiz. To‘qqizinchi chaqiriq Milliy Assambleya ish boshlashi munosabati bilan Konstitutsiyaga muvofiq iste’foga chiqamiz”, — degan u.

 

Ma’lum qilinishicha, hukumat iste’fosidan so‘ng Armaniston prezidenti parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan ko‘rsatilgan nomzodni bosh vazir lavozimiga tayinlaydi. Ayni paytda parlamentdagi ko‘pchilikni “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi tashkil etadi.

 

Yangi chaqiriq Milliy Assambleya 2-avgust kuni o‘z faoliyatini boshlaydi. Shundan so‘ng yangi hukumat tarkibini shakllantirish jarayoni boshlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Armanistonda parlament saylovlari natijalariga qarshi muxolifat namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi. Konstitutsiyaviy sud saylov natijalarini o‘z kuchida qoldirganidan so‘ng ham muxolifat siyosiy kurashni davom ettirishini bildirgan.

 

So‘nggi parlament saylovlari yakunlariga ko‘ra, “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi 49,7 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egallab, parlamentdagi ko‘pchilikni qo‘lga kiritgan.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"