O'zbekiston

“Chorsu”, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq” va yana o‘nlab bozorlar sotuvga qo‘yiladi

Toshkentdagi 35 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari ommaviy savdolarga chiqariladi.

“Chorsu”, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq” va yana o‘nlab bozorlar sotuvga qo‘yiladi

 

Toshkent shahridagi 35 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari ommaviy savdolarga chiqariladi. Bu Prezidentning “Toshkent shahrini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

 

Hujjatga ko‘ra, bozor va savdo komplekslarini ommaviy savdolarga chiqarish jarayonida buyurtmachi sifatida “Toshkent invest kompaniyasi” AJ ishtirok etadi. Kompaniya har bir obyekt bo‘yicha alohida biznes loyihasini ishlab chiqadi va aynan shu loyiha asosida investorlarga taklif etiladi.

 

Shuningdek, bozorlarni sotishdan tushadigan mablag‘ning 1 foizi, shuningdek savdoni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar “Toshkent invest kompaniyasi” AJga yo‘naltiriladi.

 

Qarorga muvofiq, savdoga chiqariladigan bozor va savdo komplekslari hududida zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, ko‘ngilochar majmualar hamda ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etilishi majburiy shart sifatida belgilanmoqda.

 

Ommaviy savdoga chiqariladigan obyektlar ro‘yxatidan quyidagilar o‘rin olgan:

  • “Navro‘z dehqon bozori” AJ;

  • “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ;

  • “Bek to‘pi savdo kompleksi” MCHJ;

  • “Sergeli dehqon bozori” AJ;

  • “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” MCHJ;

  • “Parkent universal savdo kompleksi” AJ;

  • “Yangiobod ixtisoslashtirilgan bozori” MCHJ;

  • “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;

  • “Qora-qamish dehqon bozori” MCHJ;

  • “Farhod dehqon bozori” AJ;

  • “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ;

  • “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;

 

Bundan tashqari, “Navro‘z”, “Yunusobod”, “Sergeli” va “Qora-qamish” dehqon bozorlariga qarashli 20 dan ortiq shoxobcha, “Bek to‘pi” avtoturargohi hamda “Beshqo‘rg‘on savdo” MCHJ ham elektron savdolarga chiqariladi.

 

Qarorda yana bir muhim norma belgilangan. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi boshqa dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari shoxobchalari, shuningdek ularga tegishli bo‘sh turgan yer maydonlari ham tasdiqlanadigan master-rejalar va belgilangan shartlar asosida baholangan qiymatda elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"