O'zbekiston

Davlat xaridlari tizimida 7,8 trillion so‘m iqtisod qilindi

Xarid jarayonlarini raqamlashtirish doirasida sun‘iy intellekt asosidagi moderatsiya tizimlari joriy etildi.

Davlat xaridlari tizimida 7,8 trillion so‘m iqtisod qilindi



O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF–17-son farmoni asosida tashkil etilgan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Mazkur farmon mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda davlat xaridlarini iqtisodiyotning muhim drayveriga aylantirishni nazarda tutadi.



Ma‘lum qilinishicha, hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi doirasida 1 746 ta loyiha amalga oshirildi. Natijada 83 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va import o‘rnini bosish hajmi 3,8 milliard dollarga yetdi. Jumladan, “Navoiyazot” AJda natriy sianid, "O‘z-Tong Hong Kompani" AJda BYD avtomobillari uchun o‘rindiqlar, “O‘z-Hanwoo” MChJda KIA Sonet avtomobillari salon qismlari hamda "Vodiy Circuits" MChJda elektron platalar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.



Shuningdek, tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni kuchaytirish maqsadida respublikaning 208 ta tuman va shahrida ochiq uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda 2 700 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etib, ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasiga oid masalalarni ko‘tardi. Jami 447 ta murojaat va taklif qayd etilgan bo‘lib, ularning 155 tasi joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa tegishli chora-tadbirlar belgilandi.



Bundan tashqari, Ohangaron va Samarqand viloyatining Jomboy tumanida o‘tkazilgan "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmalari sanoat korxonalari va yirik buyurtmachilarni bir maydonda jamladi. Ushbu tadbirlar yakunida 3,8 trillion so‘mlik shartnoma va kelishuvlarga erishildi. Shu bilan birga, tadbirkorlarga 1,5 milliard dollarlik mahalliylashtirish salohiyatiga ega 856 turdagi yangi mahsulot taqdim etildi.



Shuningdek, davlat xaridlari sohasida ham ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etildi. Xususan, yilning birinchi yarmida davlat xaridlari hajmi 188,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan 112,9 trillion so‘mi raqobatli xaridlar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, natijada 7,8 trillion so‘m byudjet mablag‘i iqtisod qilindi. Xarid jarayonlarini raqamlashtirish doirasida sun‘iy intellekt asosidagi moderatsiya tizimlari joriy etildi hamda tadbirkorlar uchun 100 million so‘mgacha foizsiz kredit olish imkoniyati yaratildi.



Agentlikning qayd etishicha, joriy yilning ikkinchi yarmida ham sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish, sun‘iy intellekt asosidagi yangi tizimlarni to‘liq ishga tushirish, shuningdek, "Make in Uzbekistan" ko‘rgazmasi hamda PRIMO–19 xalqaro forumiga tayyorgarlik ko‘rish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"