Jahon

Germaniyada jazirama oqibatida 10 mingga yaqin kishi vafot etdi

Jazirama eng ko‘p keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar hayotiga ta’sir ko‘rsatgan.

Germaniyada jazirama oqibatida 10 mingga yaqin kishi vafot etdi

 

Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibidagi Robert Kox instituti (RKI) ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda mamlakatda kuzatilgan kuchli issiqlik to‘lqinlari oqibatida 9 800 ga yaqin kishi vafot etgan.

 

Institutning bildirishicha, 29-kalendar haftasi holatiga ko‘ra, issiqlik bilan bog‘liq o‘limlar soni taxminan 9 800 nafarga yetgan. Bu ko‘rsatkich issiqlik bilan bog‘liq o‘limlar bo‘yicha prognoz qilingan odatiy darajadan ancha yuqori ekani qayd etilgan.

 

Mutaxassislar o‘limlarning asosiy qismi iyun oyining oxirida, Germaniyaning ayrim hududlarida havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilgan davrda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘lim holatlarining aksariyati yuqori harorat va mavjud surunkali kasalliklarning birgalikdagi ta’siri oqibatida yuz bergan. Ayniqsa, 85 yoshdan oshgan ayollar issiq ob-havo oqibatlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan guruh sifatida qayd etilgan.

 

RKI ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha havo harorati 20 daraja bo‘lgan kunlarda ham o‘lim ko‘rsatkichlari salqin yoz kunlariga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lgan.

 

Shuningdek, iyun oyi oxirida Yevropada kuzatilgan jazirama davomida 60 ta harorat rekordi yangilangan. Rekord issiqlik Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Polsha, Shveysariya, Niderlandiya va boshqa qator davlatlarda qayd etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.