O'zbekiston

MIB yarim yilda 2 trln so‘m aliment pullarini undirdi

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 foizga oshgan.

MIB yarim yilda 2 trln so‘m aliment pullarini undirdi

 

 

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sudlar va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini taʼminlash, fuqarolar, jamiyat hamda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, qolaversa aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va faoliyat samaradorligini oshirish va sohani yana-da raqamlashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, Byuro faoliyatiga oid 6 ta normativ-huquqiy hujjat, shundan 3   ta   qonun va  3   ta   Davlatimiz rahbarining tegishli Farmonlari   qabul   qilindi.

 

Shuningdek, ijro hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish maqsadida 1 ta qonun, 2 ta Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilib, tegishli tartibda kiritilishi taʼminlandi.

 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, joriy yilning o‘tgan davrida jami 36,3 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,7 trln. so‘mga oshganligi ko‘rsatmoqda.

 

Birgina, davlat foydasiga 25,6 trln so‘m, tadbirkorlik va boshqa subyektlar foydasiga 9,7 trln. so‘m hamda fuqarolarimiz manfaatlari uchun 1 trln. so‘mdan ziyod mablag‘lar undirildi.

 

Davlatning majburlov mexanizmidan foydalanmagan holda axborot - kommunikatsiya texnologiyalari orqali 1,3 mln.ta ijro   hujjatlari   soddalashtirilgan   tartibda   ijro   etildi.

 

Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Masalan, Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlar uchun joriy etilgan “Dafatlar” hisobiga 165 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.

 

Voyaga yetmagan shaxslarning moddiy taʼminoti uchun jami 2 trln. so‘m aliment pullari undirilib, bu yo‘nalishdagi undiruvlar 782 mlrd. so‘mga yoki 62  foizga  oshdi.

 

“Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlash maqsadida, 346 nafar undiruvchilarga   18,6   mlrd.   so‘m   mablag‘   to‘lab   berildi.

 

Shuningdek, alimentga oid ijro ishlari bo‘yicha manzilli ishlar natijasida, aliment to‘lash istagi bo‘la turib, lekin ish bandligi bo‘lmagan 13.400 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, 7.100 dan ortiq oilalar yarashtirildi.

 

Muqaddam, qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 344 nafar shaxslar ishga tiklanib, ularga to‘lanmay qolgan 15,2 mlrd. so‘mlik ish haqlari undirib berildi.

 

“Majburiyatlar reyestri”ga kiritilgan qarzdorlar tomonidan o‘tgan   6   oy   davomida   404   mlrd.   so‘m   mablag‘lar   to‘landi.

 

Taʼkidlash joizki, joriy yilning o‘tgan davrida Virtual va Xalq qabulxonalari orqali Byuro faoliyatiga oid 60 mingta murojaat kelib   tushdi   va   shundan   52   mingtasi   hal   qilindi, shundan 29 mingtasi (58 %) qanoatlantirildi, 21 mingtasiga (40 %)  esa, huquqiy   tushuntirish   berildi.

 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, aliment undiruviga oid murojaatlar 909 taga, qarz va zarar undirish yuzasidan yo‘llangan murojaatlar 2 382 taga kamaytirildi.

 

Byuro organlari tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali sohani yana-da raqamlashtirishga   alohida   eʼtibor   qaratilmoqda.

 

Natijada, 36 ta ijro harakatidan 22 tasi inson omilisiz axborot   tizimlari   orqali   amalga   oshirilmoqda.

 

Jumladan, ijro ishi doirasida qabul qilingan 53 mln.ta qarorlardan 38,6 mln.tasi yoki 73 foizi inson aralashuvisiz avtomatik   tarzda   qabul   qilindi.

 

Ijro ishi qo‘zg‘atilgani haqida qarzdor shaxslarga 50 mln.ta “SMS-xabarnoma”lar yuborildi va ijro ishi bo‘yicha 1,2 mln.ta avtomat qo‘ng‘iroqlar amalga oshirildi.

 

Taqiqlar avtomat yechilishi natijasida 10 trln. so‘m qarzdorlik elektron to‘lov tizimlari orqali undirilib, qo‘llanilgan 7,7   mln.ta   cheklovlar   inson   omilisiz   bekor   qilindi.

 

Sohani raqamlashtirish natijasida, 2021 yilda 1 nafar davlat ijrochisi 1 oyda o‘rtacha 113 ta hujjatni tamomlagan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 338 tani tashkil qilib, ish   samaradorligi   3 barobarga   oshirildi.

 

Faoliyatiga oshkoralik berish borasida, jamoatchilik va aholi o‘rtasida 23.772 ta huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, 11 mingdan ortiq tadbirlar ommaviy axborot vositalari yordamida amalaga oshirildi.

 

Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan qarzdorlik va to‘lovlarni amalga oshirishda, elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishini tavsiya etib qolamiz.

 

Bu esa, bu sizning vaqtingizni tejaydi va xavflarni kamaytiradi.

 

Biroq, ayrim fuqarolarimiz qarzdorlikni naqd pul ko‘rinishida ham amalga oshirish istagini ham bildirishlari mumkin.

 

Bunday hollarda, Byuro davlat ijrochilari o‘ziga biriktirilgan planshet vositasi orqali naqd pul mablag‘larini elektron tarzda rasmiylashtirib, qarzdorga xatlov dalolatnomasi nusxasini taqdim etishi lozim va bu haqida fuqarolarimizga to‘langan mablag‘ va qarzdorlikning bartaraf etilganligi, hatto mavjud taqiqlarning bekor qilinganligi haqidagi jarayonlar “SMS xabarnoma” orqali maʼlum qilinadi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"