O'zbekiston

Nukusda alimentdan qarzdor “qochoq ota” qo‘lga tushdi

Qarzdor kuzatuv payti voqea joyidan qochishga harakat qilgan, biroq Ichki ishlar xodimlarining harakati bilan ushlangan.

Nukusda alimentdan qarzdor “qochoq ota” qo‘lga tushdi

Nukusda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan ota bank binosi hududida qo‘lga tushdi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudning ijro hujjatiga asosan undiruvchi Sh.G. foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandining taʼminoti uchun qarzdor J.K. dan aliment undirish belgilangan.

 

Qarzdor tomonidan aliment pullari har oy o‘z vaqtida to‘lab kelinmaganligi sababli ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida, qarzdorning yashash manziliga bir necha marotaba borilganida, qarzdor ushbu manzilda yo‘qligi aniqlangan.

 

Shu sababli unga nisbatan Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shoʻbasida qarzdor har kuni bir yo‘nalishda Nukus shahri bo‘ylab harakatlanib yurganligi aniqlanib, qarzdorni ushlash rejasi tuzilgan.

 

Joriy yilning 29 iyul kuni ham qarzdor shu yo‘nalish bo‘ylab harakatga chiqqan va u tezkor xodimlar tomonidan kuzatib borilgan. Qarzdorning bank muassasasiga borishi aniq bo‘lgach, qo‘shimcha reja ishlanib chiqilgan.

 

Shundan so‘ng qarzdor fuqaro Nukus shahrida joylashgan “Sanoatqurilishbankiga borganida Ichki ishlar xodimlari tomonidan uning hujjatlari so‘raladi. Shunda qarzdor voqea joyidan qochishga harakat qilgan, biroq Ichki ishlar xodimlarining harakati bilan ushlangan.

 

Hozirda qarzdor tomonidan aliment to‘lash majburiyatini o‘z vaqtida bajarmaganligi sababli, uning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"