O'zbekiston

Samarqandda sanitariya xulosasi evaziga pora talab qilgan mansabdor ushlandi

U tadbirkordan sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirib berish evaziga 9 mln so‘m talab qilgan.

Samarqandda sanitariya xulosasi evaziga pora talab qilgan mansabdor ushlandi

 

Samarqand viloyatida sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish evaziga noqonuniy pul talab qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, Toyloq tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘linma boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi uchun sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

 

Buning evaziga u 9 mln so‘m talab qilgan. Gumonlanuvchi avval 100 AQSH dollari va 500 ming so‘m olgan bo‘lsa, tezkor tadbir davomida so‘ralgan mablag‘ning bir qismi bo‘lgan 400 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda

custom img

Toshkentdagi “basseyn”larda ommaviy kasallanish haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgardi

Yangi tartib o‘qituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, dars soatlarini taqsimlashni soddalashtirish hamda jarayonni adolatli tashkil etishga qaratilgan.

custom img

“Zolotaya Korona” orqali pul o‘tkazmalari yangi operator orqali tiklanadi — Markaziy bank

Markaziy bank yangi operator orqali xizmatlar kelasi haftadan qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdi

Ushbu musobaqalarda O‘zbekiston vakillari fijital futbol, lazertag va raqs yo‘nalishlari bo‘yicha bellashadi.

custom img

Toshkentda 3,5 mln dollarlik kredit evaziga 420 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

Bank xodimi va uning sherigi kredit ajratish evaziga noqonuniy haq olayotgan vaqtda tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

custom img

O‘zbekistonliklar Dubayga ishga taklif qilinmoqda

Tanlovdan o‘tgan nomzodlarga oyiga 2 250 AQSh dollari maosh to‘lanadi, asosiy xarajatlar esa ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

custom img

Toshkentda “Yashil to‘lqin” tizimining ilk yo‘nalishi ishga tushirildi

Tizim ertalab shahar markazi, kechqurun esa qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydi va svetoforlarning sinxron harakatini ta’minlaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"