O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari tabrigida O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil yashayotganini qayd etib, professional “Do‘stlik” ansambli tashkil etilishini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan mamlakat ahliga bayram tabrigini yo‘lladi. Davlat rahbari o‘z tabrigida O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni xalqimizning eng bebaho boyligi sifatida e’tirof etdi.

 

Prezident ta’kidlaganidek, bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashab, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Milliy-madaniy xilma-xillik insonparvar davlat barpo etish yo‘lidagi muhim omillardan biri ekani qayd etildi.

 

Davlat rahbari so‘nggi yillarda “Bizning kuchimiz — birlik va hamjihatlikda” tamoyili asosida millatlararo munosabatlarni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilganini eslatdi. Jumladan, Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati konsepsiyasi qabul qilinib, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida ta’lim 7 tilda olib borilmoqda, tele va radiokanallarda 12 tilda ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar esa 14 tilda chop etilmoqda. Shuningdek, mamlakatda 157 ta milliy madaniy markaz va 46 ta do‘stlik jamiyati faoliyat yuritmoqda.

 

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalari izchil rivojlanayotganini alohida ta’kidlab, mintaqada o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari tobora mustahkamlanayotganini qayd etdi.

 

Shuningdek, davlat rahbari turli millat vakillaridan iborat professional “Do‘stlik” ansambli tashkil etilishini ma’lum qildi. Mazkur ijodiy jamoa xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, milliy madaniyatlarni targ‘ib etish va mamlakat madaniy hayotini yanada boyitishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Tabrik yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha yurtdoshlarni bayram bilan yana bir bor muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va Vatan ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"