O'zbekiston

Sherobodda brakonyerlar qo‘riqxona xodimlariga o‘q uzdi

Huquqbuzarlar qo‘riqxona xodimlarining to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan va voqea joyidan qochib ketgan.

Sherobodda brakonyerlar qo‘riqxona xodimlariga o‘q uzdi

 

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida “Surxon” davlat qo‘riqxonasi hududida sodir etilgan noqonuniy ov holati yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, qo‘riqxona xodimlari xizmat kuzatuvi davomida “Sherjon” bo‘limi hududida ov qurollari bilan yurgan uch nafar shaxsni aniqlagan.

 

Huquqbuzarlarga bir necha bor to‘xtash talabi qo‘yilgan. Biroq ular qonuniy talabga bo‘ysunmay, qo‘riqxona xodimlariga qarata o‘q uzgan hamda ryukzaklarini voqea joyida tashlab, qochib ketgan.

 

Voqea joyida qoldirilgan ryukzaklar ko‘zdan kechirilganda, ularning ichidan ikki bosh yovvoyi hayvonning bo‘laklangan go‘shti topilgan.

 

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv tadbirlari davomida gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlanib, to‘plangan materiallar Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limiga taqdim etilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi (hayvonot dunyosidan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"