O'zbekiston

Toshkentda tungi reyd payti qarzdorning mashinasi xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 15 mln qarzi bo‘lgan.

Toshkentda tungi reyd payti qarzdorning mashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudining 2026 yil 10 iyuldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “M.G.” MCHJdan undiruvchi D.D. foydasiga 15 962 805 so‘m miqdorida moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.



Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan “GAC AION S Plus” rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlanib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.



Toshkent shahar IIBB YHXBB organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida mazkur avtotransport vositasi ushlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Fuqaro foydasiga belgilangan moddiy zararni undirishni taʼminlash maqsadida qarzdor korxonaga tegishli ushbu avtotransport vositasiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ijro choralari qo‘llanildi.



Ayni paytda ushbu avtotransport vositasini belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"