O'zbekiston

Toshkentda yolg‘iz keksa ayolning uyi o‘zlashtirildimi?

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Toshkentda yolg‘iz keksa ayolning uyi o‘zlashtirildimi?

 

Toshkent shahrida yolg‘iz yashovchi keksa ayolning uy-joyi bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi yolg‘iz keksa ayol qarovsiz qoldirilgani aks etgan videolavha tarqalganidan so‘ng mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

 

Tekshiruv davomida 1940-yilda tug‘ilgan fuqaro L. Juravlyova Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonda yolg‘iz yashab kelgani hamda sog‘lig‘i bilan bog‘liq bir qator kasalliklar sababli dispanser hisobida turgani aniqlangan.

 

Shuningdek, unga tegishli xonadon 2025-yil 25-sentyabr kuni notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida boshqa shaxs nomiga o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, uy-joy begonalashtirilgan vaqtda fuqaroning o‘z harakatlarining mazmunini anglash hamda ularni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan-bo‘lmaganini, shuningdek, uning firibgarlik jinoyati qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aniqlash zarurati yuzaga kelgan.

 

Shu munosabat bilan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda ish bo‘yicha barcha holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘rganishga qaratilgan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda yolg‘iz keksa ayolning uyi o‘zlashtirildimi? | Zamon.uz