Jahon

Yaponiyadagi kuchli zilzila qurbonlari soni 34 nafarga yetdi

Qurbonlar orasida bir nafar Vetnam fuqarosi ham bor.

Yaponiyadagi kuchli zilzila qurbonlari soni 34 nafarga yetdi

 

Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Kumamoto prefekturasida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 nafarga yetdi. Bu haqda NHK telekanali mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Kumamoto prefekturasi favqulodda vaziyatlarga qarshi shtabining navbatdagi yig‘ilishida zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni yangilangan. Rasmiy statistikaga tabiiy ofat bilan bog‘liq ekani tekshirilayotgan holatlar ham kiritilgan. Qurbonlar orasida bir nafar Vetnam fuqarosi ham bor.

 

Tabiiy ofat oqibatida ko‘plab hududlarda elektr energiyasi, ichimlik suvi va gaz ta’minoti uzilgan. Turar joy binolari, yo‘llar hamda ko‘priklarga jiddiy zarar yetgan. Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida qolganlarni qidirish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlarini davom ettirmoqda.

 

Rasmiylarga ko‘ra, 7,1 magnitudali zilzila so‘nggi yillarda Yaponiyada kuzatilgan eng kuchli yer silkinishlaridan biri bo‘ldi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish va zararni baholash ishlari davom etayotgani sababli qurbonlar soni yana o‘zgarishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, zilziladan ko‘p o‘tmay Kumamoto prefekturasidagi Aeon Mall Kumamoto savdo markazida portlash yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tabiiy ofat oqibatida kamida 50 kishi jarohat olgan.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"