O'zbekiston

15 ta hududda elektr va gaz masalalari bo‘yicha maxsus shtablar tashkil etildi

Maxsus shtablar elektr va gaz ta’minotidagi muammolarni o‘rganish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va tarmoqlardagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.

15 ta hududda elektr va gaz masalalari bo‘yicha maxsus shtablar tashkil etildi

 

Energetika vazirligi respublikaning 15 ta hududida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni tizimli bartaraf etish hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida maxsus shtablar tashkil etdi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, mazkur shtablar joylardagi elektr va gaz ta’minoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish hamda aholidan kelayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

 

Har bir shtabga energetika tizimidagi yirik korxona va tashkilotlar rahbarlari shtab boshlig‘i sifatida biriktirilgan. Tegishli tuman hokimlari esa shtab rahbarining o‘rinbosari etib belgilangan.

 

Maxsus shtablar quyidagi hududlarda faoliyat yuritadi:

  • Andijon tumani – Energetika vaziri maslahatchisi Dadajon Isakulov;

  • Davlatobod tumani – “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi Abdumalik Nazirov;

  • Denov tumani – “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Bexzod Sobirov;

  • Farg‘ona tumani – “Hududgazta’minot” AJ raisi Marufxon Xodjayev;

  • Koson tumani – “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Xurshidjon Eshqo‘ziyev;

  • Mirzo Ulug‘bek tumani – Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminov;

  • Qo‘shtepa tumani – “O‘zenergosotish” AJ raisi Jahongir Obidjonov;

  • Sirdaryo tumani – “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi Bahodir Jo‘rayev;

  • To‘rtko‘l tumani – “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Ozod Axunov;

  • Urganch tumani – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Islomov;

  • Urgut tumani – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Sardor Isakulov;

  • Xatirchi tumani – Energetika vaziri o‘rinbosari Umarjon Egamberdiyev;

  • Yangiyo‘l tumani – Energetika vaziri Sherzod Xodjayev;

  • G‘ijduvon tumani – “O‘ztransgaz” AJ raisi Askar Isakov;

  • Sharof Rashidov tumani – “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Axad Isoqjonov.

 

Energetika vazirligi ushbu hududlarda yashovchi fuqarolarni elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo, murojaat yoki takliflari bo‘lsa, tuman hokimliklari huzurida tashkil etilgan maxsus shtablarga murojaat qilishga chaqirdi.

 

Qayd etilishicha, aynan ushbu hududlar elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlik darajasining yuqoriligi, energiya yo‘qotishlarining ko‘pligi, tarmoqlarning eskirgani, shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar sonining yuqoriligi kabi mezonlar asosida tanlab olingan.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"