O'zbekiston

95 nafar olimning 157,2 mlrd so‘mlik ilmiy grant loyihalari moliyalashtirildi

Moliyalashtirilgan ilmiy loyihalar iqtisodiyot, sanoat, sog‘liqni saqlash va ekologiya sohalarini rivojlantirishga qaratilgan.

95 nafar olimning 157,2 mlrd so‘mlik ilmiy grant loyihalari moliyalashtirildi

 

Innovatsion rivojlanish agentligida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat ilmiy dasturlari doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda umumiy qiymati 157,2 milliard so‘mlik 95 ta ilmiy loyiha mualliflariga grant sertifikatlari topshirildi.

 

     

 

Tadbirda Innovatsion rivojlanish agentligi direktorining vazifasini vaqtincha bajaruvchi A. Norov ishtirok etib, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning natijalari haqida so‘z yuritdi.

 

Qayd etilishicha, moliyalashtirilayotgan loyihalar iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish, aholi turmush sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda O‘zbekistonning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan.

 

     

 

Tadbirda ilm-fan, ta’lim, ishlab chiqarish va innovatsiyalar integratsiyasini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Shu bois grant asosida qo‘llab-quvvatlanayotgan loyihalar nafaqat ilmiy yangilik yaratishi, balki amaliy natija berishi, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar orqali mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishi zarurligi qayd etildi.

 

Grant sertifikatlarini topshirish marosimida Agentlik direktorining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi U. Tashkenbayev ham ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar davlat ilmiy dasturlari doirasidagi tanlovlar ilmiy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va o‘zbekistonlik olimlarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

 

     

 

Tadbir davomida Umumiy va noorganik kimyo instituti vakili, "Olima ayol" tanlovi g‘olibi Dilnoza Jumayeva ham bugungi kunda ilm-fan sohasida yaratilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadi. Uning ta’kidlashicha, zamonaviy laboratoriyalar, grant dasturlari va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

Taqdirlash marosimi grant g‘oliblariga kelgusi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilash bilan yakunlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.