O'zbekiston

Aholi foydalanadigan hududlar qurilish maydoniga aylantirilmasligi kerak — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari poytaxtdagi jamoat hududlari, bolalar maydonchasi va yashil hududlar saqlanishi zarurligini ta’kidladi.

Aholi foydalanadigan hududlar qurilish maydoniga aylantirilmasligi kerak — Saida Mirziyoyeva

 

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasida kuzatilgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, aholi foydalanishi uchun ajratilgan hududlar ofis yoki turar joy binolarini qurish uchun emas, balki o‘zining asl vazifasiga muvofiq jamoat manfaatlariga xizmat qilishi lozim.

 

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, mahallaga tashrif davomida fuqarolar tomonidan ekilgan daraxtlar kesib tashlangani, bolalar maydonchasi o‘rnida esa biznes markazi qurilishi rejalashtirilayotgani aniqlangan. Mahalla aholisi esa bunday qurilishlar oqibatida umumiy hovlilar, bolalar o‘yin maydonchalari va sport inshootlari bosqichma-bosqich yo‘qolib borayotganidan xavotir bildirgan.

 

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga Toshkent shahri bo‘yicha jamoat foydalanishidagi hududlar va shunga o‘xshash obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish topshirildi.

 

Tekshiruvlar davomida qurilishlarga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlariga rioya etilgani hamda aholi manfaatlari qay darajada inobatga olingani o‘rganiladi.

 

Ta’kidlanishicha, qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan qat’iy huquqiy choralar ko‘riladi. Zarurat tug‘ilganda aybdorlar jinoiy javobgarlikka, jumladan, ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan ham javob berishi mumkin.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"