Jahon

Fransiyada o‘rmon yong‘inlari sabab 275 kishi hibsga olindi

Mamlakatda yuz bergan 10 ta yong‘indan 9 tasi inson omili sababli kelib chiqqan.

Fransiyada o‘rmon yong‘inlari sabab 275 kishi hibsga olindi

 

Fransiyada o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqarganlikda gumonlanayotgan 275 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Loran Nunez ma’lum qildi.

 

Uning bildirishicha, qo‘lga olinganlardan 31 nafariga nisbatan rasmiy ayblov e’lon qilingan. Vazirning ta’kidlashicha, Fransiyada yuz bergan 10 ta yong‘indan 9 tasi inson omili sababli kelib chiqqan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil boshidan buyon mamlakatda o‘rmon yong‘inlari 117 ming gektardan ortiq hududni kulga aylantirgan. Eng og‘ir vaziyat Fransiyaning Jirond departamentida kuzatilmoqda. Bu yerda yong‘inlar qariyb 42 ming gektar o‘rmonni qamrab olib, 200 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.

 

Shuningdek, poytaxt yaqinidagi mashhur Fontenblo (Fontainebleau) o‘rmonida ham yana bir yong‘in sodir bo‘lib, u 6 gektar maydonni qamrab olgan. Yong‘inni o‘chirish ishlariga yuzga yaqin o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan.

 

Issiq ob-havo va qurg‘oqchilik tufayli Fransiyaning 21 ta departamentida to‘q sariq darajadagi ob-havo xavfi e’lon qilingan. Rasmiylar fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.