Jahon

Hamas to‘liq qurolsizlanishga rozi bo‘ldi — Tramp

AQSh prezidenti qurolsizlantirish bo‘yicha “tarixiy kelishuv”ga erishilganini ma’lum qildi.

Hamas to‘liq qurolsizlanishga rozi bo‘ldi — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azodagi Hamas harakatini to‘liq qurolsizlantirish bo‘yicha “tarixiy kelishuv”ga erishilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv uzoq muddatli tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

 

Trampning Truth Social platformasida yozishicha, kelishuv nafaqat Hamas, balki G‘azodagi boshqa qurolli guruhlarning ham qurolsizlanishini nazarda tutadi. Shuningdek, hujjatga ko‘ra, G‘azo sektori yangi Falastin ma’muriyati tomonidan boshqarilishi, Isroil esa xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

 

AQSh prezidenti qurolsizlanish jarayoni davomida Isroil qo‘shinlari bosqichma-bosqich hududni tark etishini, xavfsizlikni esa xalqaro barqarorlashtirish kuchlari va yangi Falastin politsiyasi birgalikda ta’minlashini bildirdi.

 

Tramp vositachilik qilgan Misr, Qatar va Turkiyaga minnatdorlik bildirib, “7-oktabr voqealari kabi tahdidlar qayta takrorlanmasligi kerak”ligini ta’kidlagan.

 

Biroq, Hamas hozircha AQSh prezidentining bayonotini rasman tasdiqlamagan. Al Jazeera telekanali harakat hali rasmiy izoh bermaganini, Axios nashri esa Oq uy yaqin kunlarda tegishli bitim imzolanishini kutayotganini xabar qilgan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Hamas to‘liq qurolsizlanishga rozi bo‘ldi — Tramp | Zamon.uz