O'zbekiston

O‘zbekistonga salqin havo kirib kelmoqda

Dam olish kunlaridan boshlab havo harorati bosqichma-bosqich pasaya boshlaydi.

O‘zbekistonga salqin havo kirib kelmoqda

 

Dam olish kunlaridan boshlab O‘zbekistonda havo harorati bosqichma-bosqich pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

 

Ma’lumotga ko‘ra, 31-iyul kuni respublika hududida issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati 38–41 daraja, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa 42–43 darajagacha ko‘tariladi. Bu ko‘rsatkich iyul oxiri va avgust boshidagi iqlimiy me’yordan 2–4 darajaga yuqori bo‘ladi.

 

1–2-avgust kunlari issiq ob-havo respublikaning aksariyat hududlarida davom etadi. Faqat shimoli-g‘arbiy viloyatlarda haroratning pasayishi boshlanadi. Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Prognozlarga ko‘ra, kelasi haftadan salqin havo oqimi respublikaning barcha hududlarini qamrab olib, harorat bosqichma-bosqich pasayadi.

 

Shuningdek, ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda esa chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida ham 31-iyul – 2-avgust kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 37–40 daraja, kechasi esa 23–26 daraja atrofida bo‘ladi.

 

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, avgust oyining boshidan respublika hududiga nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi natijasida kunduzgi harorat 25–30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"