Jahon

Pokistondagi ko‘mir koni qulab, 34 kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga metan gazining portlashi sabab bo‘lgan.

Pokistondagi ko‘mir koni qulab, 34 kishi halok bo‘ldi

 

Pokistonning Balujiston viloyatida joylashgan ko‘mir konida yuz bergan qulash oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakatning tabiiy ofatlarni boshqarish idorasiga tayanib Geo TV telekanali xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda kon ichida 42 nafar ishchi bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, avariyaga metan gazining portlashi sabab bo‘lgan. Portlash ortidan yer osti inshootlari qulab tushib, konchilar vayronalar ostida qolgan.

 

Qutqaruv xizmatlari hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. So‘nggi qidiruv ishlari davomida yana olti nafar konchining jasadi topilgan va qurbonlar soni 34 nafarga yetgan.

 

Mutaxassislar hodisaning aniq sabablarini o‘rganmoqda. Vayronalar ostida boshqa ishchilar qolgan-qolmagani yuzasidan ham tekshiruv va qidiruv ishlari davom etmoqda.

 

Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, o'sha kuni Balujiston viloyatidagi yana bir ko‘mir konida ham baxtsiz hodisa yuz berib, bir nafar konchi halok bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, Balujiston va Sind viloyatlaridagi ko‘mir konlarida xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilmasligi hamda og‘ir mehnat sharoitlari sabab bunday avariyalar tez-tez kuzatiladi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"