O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda fermerlar uchun maxsus akselerator dasturi yo‘lga qo‘yiladi

Loyiha Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida ICBA va Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda fermerlar uchun maxsus akselerator dasturi yo‘lga qo‘yiladi

 

Qoraqalpog‘istonda fermerlar va agro-tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tijoratlashtirish hamda yangi bozor imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan maxsus akselerator dasturi ishga tushiriladi.

 

Mazkur tashabbus Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Dastur Birlashgan Arab Amirliklarining Sho‘rlangan tuproq sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida tashkil etilgan.

 

O‘quv mashg‘ulotlari 3-avgustdan Nukus Yoshlar texnoparkida boshlanib, bir oy davom etadi. Ishtirokchilar yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar yaratish, zamonaviy biznes yuritish, mahsulotlarni tijoratlashtirish va yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha amaliy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

 

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘istondan 200 nafar fermer va agro-tadbirkorni qamrab olish rejalashtirilgan.

 

ICBA direktori Tarifa Alzaabining ta’kidlashicha, dastur avvalgi loyihalar davomida to‘plangan tajriba asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, fermerlarni qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, dasturda mahsulotni yetishtirishdan tortib uni qayta ishlash, bozorga chiqarish va iste’molchigacha yetkazishni nazarda tutuvchi “Farm to Fork” yondashuvi asosida qiymat zanjirini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Mutaxassislar Qoraqalpog‘iston sharoitida sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli ekinlarni joriy etish qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda hududning ekologik barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etmoqda.

 

Tashkilotchilar mazkur akselerator dasturi hududda innovatsion va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlar va agro-tadbirkorlarning raqobatbardoshligini oshirish hamda ularning mahsulotlarini yangi bozorlarga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"