O'zbekiston

Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq yana uzaytirildi

Gumanitar yordam maqsadida xorijiy davlatlarga yoqilg‘i eksporti xalqaro hukumatlararo kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.

Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq yana uzaytirildi

 

Rossiya hukumati ichki yoqilg‘i bozorida barqarorlikni saqlash maqsadida benzin eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq muddatini yana olti oyga uzaytirdi.

 

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2027-yil 1-avgustdan 31-yanvargacha benzin, dizel yoqilg‘isi, dengiz yoqilg‘isi va gaz moyi eksportiga nisbatan vaqtinchalik cheklovlar amal qiladi.

 

Shu bilan birga, 1-sentabrdan boshlab cheklovlar Rossiyadagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksport qilinadigan dizel yoqilg‘isi, dengiz yoqilg‘isi va gaz moyiga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, xalqaro hukumatlararo kelishuvlar asosida xorijiy davlatlarga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun yoqilg‘i eksportiga ruxsat beriladi.

 

Hukumat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida 1-noyabrgacha Energetika vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, hududiy hokimliklar va neft kompaniyalari o‘rtasida maxsus ta’minot tartibini ham joriy etdi.

 

Bundan tashqari, davlat va munitsipal muassasalar uchun motor yoqilg‘isini xarid qilish bo‘yicha maxsus narx belgilash qoidalari 2026-yil oxirigacha to‘xtatildi. Bu yoqilg‘i xaridlarini umumiy tartib asosida amalga oshirish hamda birja narxlaridagi o‘zgarishlar sabab ta’minot uzilishlarining oldini olishga xizmat qiladi.

 

Rossiya hukumati mazkur choralar ichki bozorda yoqilg‘i ta’minotini barqarorlashtirish va narxlar keskin oshib ketishining oldini olishga qaratilganini ta’kidladi.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"