O'zbekiston

Samarqandda pulga muhtoj ayollarni chet elga yuborayotgan 21 yoshli qiz ushlandi

U bir ayolni Rossiyaga jo‘natishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Samarqandda pulga muhtoj ayollarni chet elga yuborayotgan 21 yoshli qiz ushlandi

 

Samarqand xalqaro aeroportida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatda gumon qilinayotgan qiz qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida 2005-yilda tug‘ilgan Jizzax viloyati fuqarosi pulga muhtoj ayollarni aldov yo‘li bilan chet davlatlarga fohishalik maqsadida yuborishga uringan.

 

Tezkor tadbir davomida u Xatirchi tumanida yashovchi ayolni Rossiyaga jo‘natish uchun yo‘l xarajatlarini o‘z zimmasiga olib, uni kuzatayotgan vaqtida Samarqand xalqaro aeroportida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan olingan aviachiptalar protsessual tartibda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"