O'zbekiston

Toshkentda 3-avgustgacha ayrim yo‘llar yopiladi

Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi qismida asfalt yotqizish ishlari yakunlanadi.

Toshkentda 3-avgustgacha ayrim yo‘llar yopiladi

Toshkent shahridagi Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi bosqichida asfalt yotqizish ishlarini yakunlash munosabati bilan ayrim yo‘llarda transport harakati vaqtincha cheklanadi.

 

 

2026-yil 31-iyul soat 23:00 dan 3-avgust soat 22:00 ga qadar quyidagi uchastkalarda barcha turdagi transport vositalari harakati to‘xtatiladi:

 

  • Oqqo‘rg‘on ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasi kesishmasidan Osiyo ko‘chasi kesishmasigacha;
  • Parkent ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasi kesishmasidan Parkent-2 ko‘chasi kesishmasigacha.

 

Qayd etilishicha, cheklovlar asfalt yotqizish ishlarini sifatli va xavfsiz yakunlash, yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich takomillashtirish hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

 

Mutasaddilar haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"