O'zbekiston

Toshkentda mansabdorlar qariyb 20 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi

"Hududgazta’minot" va "Texnopark" mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda mansabdorlar qariyb 20 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida "Hududgazta’minot" AJ va "Texnopark" MChJ mansabdor shaxslari ishtirokida 19,9 milliard so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlangani ma’lum qilindi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mas’ul shaxslar o‘zaro til biriktirib, go‘yoki elektron gaz hisoblagichlariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilganini rasmiylashtirish orqali 19 milliard so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

 

Tekshiruv davomida yana bir qonunbuzarlik holati ham aniqlangan. Xususan, "Texnopark" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan va "Hududgazta’minot" AJ tomonidan iste’molchilarga o‘rnatilgan 273 dona gaz hisoblagichining ko‘rsatkichlari amaldagidan kam hisoblagani aniqlangan.

 

Mazkur holat oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 861,1 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani qayd etildi.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, barcha holatlarni aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"