O'zbekiston

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yagona taraqqiyot makonini shakllantirishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yagona taraqqiyot makonini shakllantirishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

 

Mirzo Ulug‘bek tumanida yolg‘iz yashovchi keksa ayolning holati yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakunlariga ko‘ra, unga o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatmagan mas’ullar lavozimidan ozod etildi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumani “Habib Abdullayev” mahallasida yashovchi fuqaro L. Juravlyovaning yashash sharoiti aks etgan videomurojaat yuzasidan holat nazoratga olinib, joyida o‘rganish ishlari olib borilgan.

 

Aniqlanishicha, fuqaro 2026-yil 11-iyundan boshlab uy sharoitida ijtimoiy-maishiy xizmat olish uchun vaucher bilan ta’minlangan va haftasiga to‘rt marotaba xizmat ko‘rsatib kelingan. Shu bilan birga, tibbiy xulosaga ko‘ra, u kognitiv buzilishlar, tomirli demensiya, 2–3-darajali distsirkulyator ensefalopatiya hamda tarqoq osteoxondroz kasalliklaridan aziyat chekayotgani tasdiqlangan.

 

Qo‘shimcha tekshiruvlar davomida fuqaro mustaqil ravishda ovqatlana olmasligi, kundalik ehtiyojlarini o‘zi qondira olmasligi, shuningdek, yolg‘iz qolganida o‘ziga va atrofdagilarga xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlangan.

 

Shundan so‘ng fuqaro doimiy parvarishga muhtoj deb topilib, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga joylashtirilgan. Hozirda unga 24 soatlik tibbiy va ijtimoiy parvarish xizmati ko‘rsatilmoqda.

 

Xizmat tekshiruvi yakunida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlari fuqaroning sog‘lig‘i og‘irlashayotganini o‘z vaqtida aniqlamagani va doimiy parvarish zaruratini belgilamaganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"