O'zbekiston

“Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Yangi maqom mahsulot nomining huquqiy himoyasini ta’minlab, undan noqonuniy foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi.

“Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

 

Adliya vazirligida “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur qaror mahsulot nomining huquqiy himoyasini ta’minlash, uning kelib chiqishi va sifatini kafolatlash hamda milliy brend sifatida rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Xorazm vohasida yetishtiriladigan guruch o‘zining yuqori sifati, xushbo‘yligi va o‘ziga xos pishirish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mahsulotning bunday sifat ko‘rsatkichlari Amudaryo suvlari, unumdor tuproq, hududning qulay iqlimi hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’anaviy dehqonchilik tajribasi bilan chambarchas bog‘liq.

 

“Xorazm guruchi”ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat reyestriga kiritilishi mahsulot nomidan noqonuniy foydalanishning oldini oladi, uning kelib chiqishi va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda iste’molchilarga mahsulotning haqiqiyligi bo‘yicha kafolat yaratadi.

 

Shuningdek, mazkur maqom Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi salohiyatini yanada oshirish, milliy brendni rivojlantirish va mahsulotni ichki hamda xalqaro bozorlarda keng targ‘ib etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyekti bo‘lib, uning sifati, obro‘si va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liq ekanini anglatadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.