O'zbekiston

Yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilardan qariyb 2 mlrd so‘m jarima undirildi

Joriy yil boshidan buyon Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurgan 79 618 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilardan qariyb 2 mlrd so‘m jarima undirildi

 

2026-yil boshidan buyon Toshkent shahri avtobuslarida 79 618 nafar chiptasiz yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularga jami qariyb 2 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

 

“Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi ma’lumotiga ko‘ra, jamoat transportida to‘lov intizomini ta’minlash maqsadida muntazam nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

Aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Har bir qoidabuzarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi — 41 ming 200 so‘m miqdorida jarima belgilangan.

 

Mutasaddilar ta’kidlashicha, jamoat transporti tizimining barqaror ishlashi yo‘lkira tushumlariga bevosita bog‘liq.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"