O'zbekiston

450 nafardan ortiq xodim Toshkentda energiya xavfsizligini ta’minlashga jalb etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi “Energetika xavfsizligi oyligi” boshlandi.

450 nafardan ortiq xodim Toshkentda energiya xavfsizligini ta’minlashga jalb etildi

 

Toshkent shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va ularni behuda sarflash holatlarining oldini olishga qaratilgan «Energetika xavfsizligi oyligi» boshlandi.

 

Mazkur tadbirlar doirasida 450 nafardan ortiq xodimdan iborat kuchaytirilgan ishchi guruhlar faoliyat boshladi.

 

31-iyul kuni Yunusobod tumanida o‘tkazilgan yo‘riqnomada Toshkent shahar prokurori, Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan mas’ullarga ustuvor vazifalar belgilab berildi.

 

Xususan, Prezident qaroriga muvofiq energiya samaradorligini oshirish, elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, yirik talon-toroj holatlarini aniqlash hamda resurslar yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan hududlarda nazorat tadbirlarini kuchaytirish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, elektron monitoring tizimlari orqali hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazilgani yoki aloqaga chiqmayotgani aniqlangan iste’molchilar manzilli ravishda o‘rganiladi.

 

Mutasaddilarga ko‘ra, mazkur tadbirlar energiya resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish hamda halol iste’molchilarni elektr va tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"