O'zbekiston

Andijonda 21 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan Tracker YTHga uchradi, bir bola halok bo‘ldi

Hodisada 8 nafar bola jarohatlangan, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan 6 yoshli qizaloq to‘rt kun o‘tib vafot etgan.

Andijonda 21 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan Tracker YTHga uchradi, bir bola halok bo‘ldi

 

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 21 nafar bolani xususiy bog‘chaga olib ketayotgan Tracker avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 6 yoshli qizaloq vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, hodisa joriy yil 21-fevral kuni ertalab "Xo‘jaobod–Bobur" avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 40 yoshli ayol boshqaruvidagi Tracker avtomobilida 21 nafar bola xususiy bog‘chaga olib ketilayotgan vaqtda haydovchi transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 nafar bola turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ular orasida og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan 6 yoshli qizaloq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, to‘rt kun o‘tib vafot etgan.

 

Sud jarayonida haydovchi avtomobilga 21 nafar bolani, jumladan, yukxona (bagaj) qismiga ham joylashtirganini tan olgan. Uning aytishicha, chap tomondan yuqori tezlikda harakatlangan avtomobilni ko‘rib cho‘chib ketgani sabab boshqaruvni yo‘qotgan va mashina beton ustunga borib urilgan. Ayol 2-guruh nogironi ekanini bildirib, suddan yengillik so‘ragan.

 

Mazkur holat yuzasidan ayol Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan aybdor deb topilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, unga 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish hamda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"