Jahon

Erdog'anga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan shaxs qo'lga olindi

Gumondor 10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan.

Erdog'anga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan shaxs qo'lga olindi

Turkiyada 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida Prezident Rajab Toyyib Erdog‘anga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi.

 

Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat razvedka va xavfsizlik xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Burkay Karatepe Afyonkarahisar viloyatida qo‘lga olingan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, u Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilingan FETO bilan aloqador bo‘lib, 2016-yil 15-iyul kuni Marmaris shahrida Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan guruh tarkibida bo‘lgan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, u vertolyot uchuvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

 

TRT Haber telekanali ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ish doirasida ilgari suiqasdni rejalashtirishda gumon qilingan 36 nafar sobiq harbiy xizmatchi qo‘lga olingan. Burkay Karatepening ushlanishi bilan ushbu guruhning qidiruvda qolgan so‘nggi a’zosi ham hibsga olingani aytilmoqda.

 

Turkiya OAVning avvalgi xabarlariga ko‘ra, suiqasd rejasi Marmarisdagi mehmonxonada amalga oshirilishi ko‘zlangan, biroq Prezident Erdo‘g‘anning mehmonxonani rejalashtirilganidan oldin tark etgani sababli urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 15-iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinish oqibatida 253 kishi halok bo‘lgan, 2 200 dan ortiq kishi jarohatlangan. To‘ntarish bostirilgach, Turkiyada keng ko‘lamli tergov ishlari olib borilib, minglab shaxslar javobgarlikka tortilgan hamda yuzlab gumondorlar umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"