O'zbekiston

Farg‘onada “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi

Hududni tozalash ishlari vaqtida o‘t o‘rish qurilmasining tig‘i uzilib chiqib, xodimning yuragiga sanchilgan.

Farg‘onada “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi

 

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida obodonlashtirish ishlari vaqtida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2026-yil 29-iyul kuni Uchko‘prik tumanining Qo‘qonboy hududida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari hududni obodonlashtirish va tozalash ishlariga jalb qilingan. Ish jarayonida 34 yoshli markaz xodimi Tohirjon Jo‘rayev o‘t o‘rish qurilmasidan foydalanayotgan vaqtda qurilmaning o‘tkir metall tig‘i uzilib chiqib, uning ko‘krak qismiga sanchilgan.

 

Olingan og‘ir tan jarohati oqibatida xodim voqea joyida vafot etgan.

 

Kun.uz xabariga ko‘ra, mazkur hodisa nashrning bir-biridan mustaqil ikki manbasi voqea sodir bo‘lganini tasdiqlagan.

 

Shuningdek, hodisadan so‘ng Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansur Olloyorov voqea joyiga borib, marhumning oila a’zolari bilan uchrashgan.

 

Nashr suhbatlashgan manbalardan birining ta’kidlashicha, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlarining mahallalarni obodonlashtirish ishlari ularning xizmat vazifalariga kirmaydi. Manba davlat budjeti tashkilotlari xodimlarini bunday ishlarga jalb etish amaliyoti bekor qilinishi lozimligini qayd etgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.