Jahon

FIFA 4,2 milliard dollarlik xususiylashtirish rejasidan voz kechdi

Infantino FIFAning tijorat huquqlarining bir qismini sotish rejasidan voz kechish to'g'risidagi qarorini tasdiqladi.

FIFA 4,2 milliard dollarlik xususiylashtirish rejasidan voz kechdi

 

FIFA Jahon chempionatlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi yangi kompaniya ulushining bir qismini xususiy investorlarga sotish orqali 4,2 milliard dollar jalb etish rejasidan voz kechdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilotning tijorat faoliyatini yurituvchi yangi kompaniyasining 20 foizlik ulushini xususiy investorlarga sotishni taklif qilgan. Ushbu loyiha orqali FIFA biznesi 20 milliard dollarga baholanib, 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etilishi ko‘zda tutilgan edi.

 

Biroq mazkur tashabbus UEFA, Osiyo futbol konfederatsiyasi hamda Shimoliy va Markaziy Amerika futbol konfederatsiyasi tomonidan keskin tanqid qilingan. Ular Jahon chempionatlari kabi nufuzli musobaqalarning tijorat manfaatlari yo‘lida xususiy investorlar ishtirokiga berilishiga qarshi chiqqan.

 

Janni Infantino barcha tomonlarning fikrlarini o‘rganib chiqqach, loyiha futbol hamjamiyatida jiddiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqargani sabab uni amalga oshirmaslikka qaror qilganini bildirgan.

 

Shuningdek, loyiha fonida FIFA prezidentining katta maslahatchisi Karlos Kordeyro iste'foga chiqqan. U mazkur tashabbus futbol manfaatlariga mos kelmasligini ta'kidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.