O'zbekiston

Gaz ballonlari kechikishi yuzasidan tekshiruv boshlanadi

Energetika vazirligi suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha murojaatlarni nazoratga oldi.

Gaz ballonlari kechikishi yuzasidan tekshiruv boshlanadi

 

Energetika vazirligi suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shikoyatlar nazoratga olinganini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, internetda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida aholiga suyultirilgan gaz ballonlari qariyb 100 kundan buyon yetkazib berilmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib boriladi.

 

Shuningdek, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishdagi kechikishlar, ularni o‘z vaqtida to‘ldirish jarayoni hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati tahlil qilinadi.

 

Bundan tashqari, gaz ballonlarini tarqatuvchi xodimlarning muomala madaniyati bilan bog‘liq holatlar ham o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi oylarda respublika hududlarida suyultirilgan gaz ta’minotida kuzatilayotgan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

 

Hozirda O‘zbekistonda 3,7 million xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Tizim raqamlashtirilganiga qaramay, gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar to‘liq bartaraf etilmagani qayd etildi.

custom img

Farg‘onada “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi

Hududni tozalash ishlari vaqtida o‘t o‘rish qurilmasining tig‘i uzilib chiqib, xodimning yuragiga sanchilgan.

custom img

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi”: mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi

Toshkentda mahallalarni obod qilish bo‘yicha 1 200 ga yaqin mas’ul ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

custom img

Andijonda 21 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan Tracker YTHga uchradi, bir bola halok bo‘ldi

Hodisada 8 nafar bola jarohatlangan, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan 6 yoshli qizaloq to‘rt kun o‘tib vafot etgan.

custom img

450 nafardan ortiq xodim Toshkentda energiya xavfsizligini ta’minlashga jalb etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi “Energetika xavfsizligi oyligi” boshlandi.

custom img

Xorazmda 1,6 mlrd so‘mlik noqonuniy kripto-aktiv savdosi fosh etildi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

custom img

Talabalar endi yotoqxonaga joylashish uchun alohida idoralarga murojaat qilmaydi

Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish endi ortiqcha hujjatlarsiz yagona tizim orqali bajariladi.

custom img

Namangan va Toshkent viloyatlarida qariyb 12 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida narkosavdogarlardan gashish, shuningdek, minglab AQSH dollari va millionlab so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Toshkentda 3-avgustgacha ayrim yo‘llar yopiladi

Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi qismida asfalt yotqizish ishlari yakunlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"