O'zbekiston

“Haqingizni talab qiling” — Energetika vaziri tadbirkorlarga murojaat qildi

Energetika vaziri elektr va gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha xizmatni iltimos emas, qonuniy ravishda talab qilish huquqiga ega ekanini ta’kidladi.

“Haqingizni talab qiling” — Energetika vaziri tadbirkorlarga murojaat qildi

 

Yangiyo‘l tumanida Energetika vaziri Sherzod Xodjayev hamda tuman hokimi San’atbek Jumaniyazov ishtirokida tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda 27 nafar tadbirkor elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, tarmoqlardagi uzilishlar, yoz oylarida elektr quvvati va qish mavsumida gaz bosimining yetarli emasligi, texnik shart olish, energiya resurslari bo‘yicha qarzdorlik hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdi.

 

Muloqot davomida murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ayrim murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazilishi belgilandi.

 

Shuningdek, elektr va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalarni bekor qilish yoki kamaytirish Energetika vazirligi vakolatiga kirmasligi, bunday masalalar amaldagi qonunchilikka muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqilishi mumkinligi tushuntirildi.

 

Vazir tadbirkorlarga elektr va gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali rasmiylashtirilishini eslatib, bu masalalarni norasmiy yo‘l bilan hal etishga urinmaslikka chaqirdi.

 

Shuningdek, tizim xodimlari tomonidan noqonuniy manfaat talab qilingan holatlar aniqlansa, bu haqda Energetika vazirligi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish so‘raldi. Bunday holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi qayd etildi.

 

Uchrashuvda Energetika vaziri Sherzod Xodjayev tadbirkorlarga shunday murojaat qildi:

«Hamma hujjatingiz to‘g‘ri bo‘lsa, siz “Elektr tarmoqlari”dan iltimos qilmang, talab qiling. Bunga to‘liq haqqingiz bor».

 

Ma’lum qilinishicha, tadbirkorlar bilan bunday ochiq muloqotlar davom ettiriladi. Hozirda Yangiyo‘l tumani va yana 14 ta hududda maxsus shtablar faoliyat yuritmoqda.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"