Jahon

Italiya Ispaniya bilan Shengen kelishuvi amalini vaqtincha to‘xtatdi

Cheklovlar dastlab 30 kun davomida amal qilishi rejalashtirilgan.

Italiya Ispaniya bilan Shengen kelishuvi amalini vaqtincha to‘xtatdi



Italiya hukumati Ispaniya bilan Shengen kelishuvi doirasidagi erkin harakatlanish tartibini vaqtincha to‘xtatish hamda chegara nazoratini qayta joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.



Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining ma’lum qilishicha, cheklovlar zarurat saqlanib turgan davr mobaynida amal qiladi. Uning ta’kidlashicha, ushbu choralar yozgi sayyohlar oqimiga imkon qadar salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun barcha zarur sa’y-harakatlar amalga oshiriladi.

 


Shuningdek, Meloni Italiya Ispaniya hukumatiga migratsiya inqirozini bartaraf etishga qaratilgan Yevropa tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.



Ma’lum qilinishicha, Italiya ushbu qaror haqida Yevropa Komissiyasini xabardor qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vaqtinchalik cheklovlar 30 kun davomida amal qiladi.



Bu Italiya tomonidan Shengen hududida chegara nazorati vaqtincha tiklanayotgan ilk holat emas. Avvalroq noqonuniy migratsiya oqimining kuchayishi sabab Sloveniya bilan chegarada ham shunday choralar joriy etilgan edi.



Qaror Ispaniyaning Seuta hududida kuzatilayotgan migratsiya inqirozi ortidan qabul qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, minglab muhojirlar Marokash tomondan Seutaga kirishga uringan, natijada hududda gumanitar va xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgan.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"