O'zbekiston

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi”: mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi

Toshkentda mahallalarni obod qilish bo‘yicha 1 200 ga yaqin mas’ul ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi”: mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi

 

Toshkent shahrida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, mahallalarni obod qilish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

 

       

 

Shayxontohur tumanidagi Alisher Navoiy kinosaroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Milliy gvardiya, kommunal xizmatlar, Boshqaruv servis kompaniyalari, “Mahalla” uyushmasi mutasaddilari hamda poytaxtdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi. Yig‘ilishda jami 1 200 nafarga yaqin mas’ul va rahbar qatnashdi.

 

       

 

Tadbir davomida ko‘chalar, hovlilar, ariq va xiyobonlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, mahallalardagi infratuzilma muammolarini bartaraf etishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga yo‘naltirish hamda kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

 

       

 

Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar mahallalarda obod muhit yaratish, infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va hududlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlashga xizmat qiladi.

custom img

Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Haydovchi avval mast holda avtomobil boshqargani uchun sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum etilgani aniqlangan.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"