O'zbekiston

Moliyaviy inqirozdagi “Bunyodkor”ga byudjetdan 5 mlrd so‘m ajratildi

Mablag‘ Prezidentning sport sohasini moliyalashtirishga oid qarori asosida berildi.

Moliyaviy inqirozdagi “Bunyodkor”ga byudjetdan 5 mlrd so‘m ajratildi

 

Toshkentning moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan “Bunyodkor” futbol klubiga davlat tomonidan 5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, mablag‘ O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 24-martdagi PQ–107-sonli “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ajratilgan.

 

Klub bayonotida hukumat tomonidan amaliy yordam ko‘rsatila boshlagani ta’kidlanib, davlat rahbari hamda hukumat vakillariga futbolni rivojlantirish yo‘lidagi e’tibor va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirildi.

 

Shuningdek, “Bunyodkor” jamoasi O‘zbekiston Superligasining navbatdagi uchrashuvlariga belgilangan reja asosida tayyorgarlikni davom ettirayotgani qayd etildi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"