O'zbekiston

Namangan va Toshkent viloyatlarida qariyb 12 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida narkosavdogarlardan gashish, shuningdek, minglab AQSH dollari va millionlab so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Namangan va Toshkent viloyatlarida qariyb 12 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi



Namangan va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qo‘shni davlatdan olib kelingan yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmadan chiqarildi. Bu haqda DXX xabar berdi.



Namangan shahrida harakatlanayotgan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda yo‘lovchilardan biriga tegishli sellofan paket ichidan 944 gramm gashish moddasi aniqlangan. Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu fuqaro giyohvandlik vositasini Namangan shahrida yashovchi shaxsdan 9 900 AQSH dollari evaziga sotib olgani ma’lum bo‘lgan.



Tezkor tadbirlarning navbatdagi bosqichida mazkur narkosavdogar qo‘lga olinib, undan 9 200 AQSH dollari hamda 18,4 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.



Shuningdek, Andijon viloyatida yashovchi ikki nafar shaxs harakatlanayotgan “Lacetti” avtomashinasidan 9 kilogramm 801 gramm gashish moddasi musodara qilingan.



Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida narkokuryerlar tomonidan “zakladka” usulida yashirib ketilgan 977 gramm gashish moddasini olayotgan mahalliy fuqaro qo‘lga olingan.



Shu tariqa, har ikki hududdagi tezkor tadbirlar davomida jami 11 kilogramm 722 gramm (11,7 kg) giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan chiqarilgan.



Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"