Jahon

Seutadan Marokashga 70 mingga yaqin noqonuniy migrant qaytarildi

Chegarani kesib o‘tishga urinishlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi.

Seutadan Marokashga 70 mingga yaqin noqonuniy migrant qaytarildi

 

Ispaniyaning Seuta anklavida yuzaga kelgan migrantlar inqirozi ortidan qariyb 70 ming noqonuniy migrant Marokashga qaytdi. Bu haqda EFE agentligi xavfsizlik idoralari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 30 soat ichida taxminan 69,5 ming nafar migrant Seutadan Marokashga qaytgan. Agentlikning qayd etishicha, ushbu raqam ommaviy oqim boshlanishidan avval shaharda bo‘lgan ayrim migrantlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

 

Noqonuniy migrantlarning ommaviy qaytishi Ispaniya va Marokash o‘rtasida hujjatsiz muhojirlarni soddalashtirilgan tartibda qaytarish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hamda Seutadagi murakkab gumanitar vaziyat fonida boshlandi. EFE ma’lumotiga ko‘ra, 85 ming aholiga ega Seuta shahrining infratuzilmasi yuz minglab odamlarni qabul qilish imkoniyatiga ega emas. Oziq-ovqat, savdo va xizmat ko‘rsatish tizimlari ham jiddiy bosim ostida qolgan.

 

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi noqonuniy migrantlarning qayta kirib kelishining oldini olish maqsadida Taraxal chegara hududida qo‘shimcha to‘siqlar o‘rnatish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, El Pais nashri ma’lumotiga ko‘ra, chegarani dengiz orqali kesib o‘tishga urinishlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 

Migrantlar inqirozi iyul oyining oxirlarida keskin tus oldi. Ispaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 30-iyul kuni bir kunning o‘zida qariyb 50 ming kishi Seutaga noqonuniy ravishda kirgan. Ayrim manbalarda esa so‘nggi 24 soat ichida 60 mingdan ortiq migrant shaharga yetib kelgani qayd etilgan.

 

Vaziyat yuzasidan Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Yevropa Ittifoqi institutlariga murojaat yuborib, ayrim davlatlarning inqirozga munosabati yuzasidan xavotir bildirgan. Shu bilan birga, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ispaniya bilan birdamlik bildirib, Fransiya–Ispaniya chegarasiga qo‘shimcha harbiy kuchlar, samolyotlar va dronlar joylashtirilganini ma’lum qilgan.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"