O'zbekiston

Sirdaryoda MIB orqali 50 mln elektrdan qarzdorlik undirildi

Qarzdor o‘ziga tegishli mashina xatlangach, qarzdorlikni bartaraf etishga majbur bo‘lgan.

Sirdaryoda MIB orqali 50 mln elektrdan qarzdorlik undirildi

Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan qarzdor “F.S.” korxonasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi foydasiga 50 mln 835 ming so‘m elektr energiyasidan qarzdorlikni undirish to‘g‘risida ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari Majburiy ijro byurosining Sayhunobod tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan.

 

Ijro hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarish yuzasidan qarzdorga muddat berilib, bajarmaslik oqibatlari tushuntirilgan.

 

Biroq, belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, qarzdor korxonaga tegishli “Treker” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Natijada, qarzdordan 50 mln 835 ming so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi hisob raqamiga o‘tkazib berilishi taʼminlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"